Allohning ismi (yaʼni: Bismillahir Rohmanir Rohiym) va Unga hamd (Alhamdulillahi Robbil Aʼlamiyn) bilan boshlanmagan har qanday ish kuch-qudratning haqiqiy egasining unutilishi belgisidir. Ishni bunday boshlash natijaning barakasiz boʻlishining asosiy sababidir.

Umringning so'ngida qanday yashashni istasang, shu bugunoq shunday yashashni boshla.

Har qanday uzoq yo'l - birinchi qadamdan boshlanadi.

Hech bir odam o‘zini nol deb hisoblamasligi va bu dunyodagi vaziyatni qanday qilib bo‘lsa ham o‘zgartira olishiga ishonishi kerak.

Yaxshi yashalgan har qanday umrni uzoq umr xisoblasa bo'ladi.

Hayot saboqlarin etolmasa yod, Uni o‘rgatolmas hech qanday ustod.

Gap hayotingizda qanday voqea sodir bo'lishida emas, hammasi voqealarga nisbatan qanday harakat qilishingizda.

Qanday tushuntirsam ekan. O'zi tish og'rig'iga o'xshaydi... Lekin u qalbdagi og'riq.

“Mana Buyuklar” kanali