Барча лаззатни тотдим, офиятдан чучукроқ шарбат топмадим.
O'chirg'ich ishlatmasdan rasm chizish san'atiga "hayot" deyiladi.
Aql ulug’likka etadi payvand,
Aqlsizning doim oyog'ida band.
Кулар юз ила ато-сахо устиға сахо.
Билимлилик орқали нодонлик кўтарилади, азоб-уқубат бўлган шак-шубҳа ўрнига илм натижасида аниқлик киради.
Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.
El g‘ussasini singurmaging maqsud et,
Bu sheva bilan oqibating mahmud et.
Boqmasa dehqon chamanin tuni kun,
Naxli tarin angla qurug‘on utun.
Men ota bo‘ldim. Bu – hayotdagi ulkan o‘zgarish pallasi. Otalik hayotga boshqacha boqishingni ta’minlaydi. Endi farzandim – mening hamma narsam.
Агар отинг йўқтур, арпа ғамин емассан.
Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o’rni bor, katta ishning kerakli joyi bor
Sabr hissiy va aqliy og‘irlik va amallarga chidashdir.
Band bo‘ling. Bu dunyodagi eng arzon va eng samarali dorilardan biridir.
Ko‘rdimki, eng noyob ne’mat rostgo‘ylik va qahramonlik, eng og‘ir og‘riq esa yomon va munofiq do‘stlar ekan.