Men ham boshqalar singari hayot kechiruvchi oddiy odamman.

Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.

Allohning o'zi insonni baxt uchun yaratgan.

"To’rt narsani qaytarib bo’lmaydi: aytilgan so’zni, o’tgan ishni, otilgan o’qni, kechgan umrni." 🔹Ibn Hajar Asqaloniy

Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o'z holiga tashlab qo'ysak, tarbiyasi, ilmi va ma'naviyati bilan shug'ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo'lib yetishmog'iga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qo'liga topshiramiz?

Ким бир китобни икки марта ўқиса, демак иккита китоб ўқибди.

Yomon so'zki kelib jong'a urgay, ki jondin ham o'tub imong'a urg'ay

Bir vaqtlar kitoblarning taqchilligi ilmning o‘sishiga ziyon yetkazar ekan. Hozir esa uning ko‘pligi odamni garang qilib, shaxsiy mulohaza yuritishingga xalal beradi.

Qo‘rqqan azoblanadi, agar azoblanayotgan bo‘lsa, allaqachon qo‘rqoqlik qilgan ekan.

Hisob-kitob qilinmasdan oldin o‘zlaringni sarhisob qilib olinglar, tarozuda tortilmasdan oldin amallaringni tortib ko‘ringlar va hech bir amalingiz xufya qolmaydigan ulug‘ uchrashuvga tayyorlaninglar.

Bezori – jaholatda qoldirilgan bolaning ulg`ayganidir.

Ulug‘ kishilarni mehnat yetiltiradi.

Har kim gunohkor kishini kechira olsa, bu ulug‘lik va oliyhimmatlik nishonidir.

Kimki menga kelib qo‘shilsa ulug‘lanadi, kimki men bilan kurashmoqchi bo‘lsa yiqiladi.

Muhtojga bir tanga qarz berish, ming tanga sadaqa qilishdan afzaldir.

“Mana Buyuklar” kanali