Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri — o‘quvchiga hurmatda.
Bizlar o‘nta halolning to‘qqiztasini shubha yoki haromga tushib qolamiz, degan qo‘rqinchda tark qildik.
Umid — xavfsiz yo‘lning boshidir.
Ochko‘zlik, yaxshi ovqat, ichkilik, xotin-xalajga berilishdan o‘zni tutish iffat sanaladi.
Quyoshning nuri axlatga tushsa ham aynimaydi, chunki u nurdir.
Haqiqat va adolat bilan to‘g‘ri siyosat yurgizmagan har bir rahbar va boshliq qattiq azob-uqubat va baloga giriftor bo‘lur.
Xuddi yaramas oshnalar singari bo‘lmag‘ur kitoblar ham bizni yo‘ldan urishi mumkin.
Sen tug‘ilmaguningga qadar ota-onang bunaqa zerikarli va ko‘rimsiz bo‘lmaganlar. Ular sening baxtli bolaligingni yaratish jarayonida shunday ahvolga keldilar.
Hammaga do‘st bo‘lgan odam hech kimga do‘st emas.
Yaxshi xotin bilan yashash - hayot bo‘ronlarida senga bir panohday xizmat qilsa, yomon xotin bilan yashash esa - kulbangda ko‘tarilgan bo‘ronday gap.
Olam ufqqa borib tamom bo‘ladi. Odam umidini yo‘qotib tamom bo‘ladi.
Ishing natijasida yuzaga keladigan eng yomon oqibatlarni tasavvur qilib ko‘r, oldindan ularga ko‘nikib, olg‘a harakat qil!
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Ustod debdir:
— Yo‘lga kirolmasliging,
Jilov tutolmasligingni bilsang,—
Joningga o‘qish ora kiradi!
O'yinda yaxshiroq o'yansh uchun qoidalarni bilish kerak