Muhtojga yordam berishni ertaga qoldirmang. Zero, sizga yoki unga ertaga nima bo‘lishini bilmaysiz.
Изоҳлар йўқ. Биринчи бўлинг!
Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.
Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat
esa unga amal qilishdir. Ixlos bi
lan qilinganidan boshqa hamma
amal behudadir.
To‘g‘rilik ulug‘likka juda yaqin turadi.
Dunyo kitobdir, va sayohat qilmaganlar uning bir sahifasini o'qigan xolos.
Kamolotga erishish uchun, avvalo qalb pokizaligi haqida
o’ylash kerak. Qalb pokizaligiga esa yurak haqiqatni izlaganda
va Ruh oriflikka intilgan taqdirdagina erishiladi. Bularning
barchasi haqiqiy bilimga bog’liqdir.
Agar biz o‘zimizni o‘zganing o‘rniga qo‘yib ko‘rsak, boshqalarga nisbatan rashk va nafratimiz yo‘qolgan bo‘lur edi; agar biz boshqalarni o‘zimizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rsak, bizdagi manmanlik va g‘urur pasaygan bo‘lur edi.
Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub tarbiyasiz, axloqsiz bo’lib o’sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turub yulduzlarga qo’l uzatmak kabidur.
Mix bolg‘adan qochib qutulaman deb, taxtaga kirib ketdi.
Har qanday narsaga har tomonlama nazar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r.
Eski do'stini unutgan odam - odam emas!
Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.
Agar kishi murakkab ish bilan shug‘ullansa va uni yaxshi bajarsa, u hech qachon o‘ziga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmaydi.
Parvonadan yonishning hikmatini o‘rgan.