Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab
boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos.
Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan,
o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan
navbatdagi avlodga etkazib beradi.
Farzandingning tili kalimaga juftlangan kundan boshlab, uning kulogiga kuyidagi Muborak jumlani kuymoging farzdir"Assalomu alaykum".
Har kim hodisalardan ibrat ola bilsa, boshi qattiq otga o‘xshagan bu falak unga bo‘ysuna beradi.
Yolg'on so'zlash kishining obro'sini to'ksa, hazil-mazax va o'yin odamni beizzat qiladi. Xususan, hukumat ahli agar hazil va mazaxga moyil bo'lsalar, haybat va shavkatlariga nuqson yetar.
Kimki azob va mehnatdan o‘zini olib qochsa, u hech narsaga erisha olmaydi.
Qaysi holatda bo'lsangiz ham boshlang. Nimangiz bo'lsa o'shandan foydalaning. Qo'lingizdan nima kelsa o'shani qiling.
Qo‘l yoki oyoqni nojo‘ya ishlatsang — falokatga, tilni nojo‘ya ishlatsang — halokatga yo‘liqasan.
Iymonsiz kishi yalong‘och odamga o‘xshaydi.
Olov, ayol va dengiz - uch musibatdir.
Hayot sizni hurmat qilmaydigan, minnatdor bo‘lmaydigan va qadrlamaydigan odamlarga sarflashingizga juda qisqalik qiladi.
Yaxshiliklarning eng foydalisi sadaqadir.
O‘z kuchini zarur bir me’yorda ushlab turish ham qanoat sanaladi.
Tili buzuq so'zlarga o'rgangan kishi Qiyomatda it suratida yoki it qornida keltiriladi.
Inson – mo‘jiza, dunyoda yagona mo‘jizadir…
Inson! Shu bir kalima so‘z bilan ko‘ksimda quyosh tug‘ilganday bo‘ladi, uning yorqin nurida zahmatkash, go‘zal Inson olg‘a va yuksaklikka qarab salobat bilan yurib ketayotgandek!
Umid - orzuning uyg'onishidir.