Ishlayapman dema, ishlab topganingni ko'rsat.
Boshqalarda ko‘rganni juda qattiq istamaslik ham qanoat hisoblanadi.
Qo‘l toshni mahkam siqib olgan. Toshni uzoqqa otish uchun ham qo‘l uni mahkam siqib oladi. Lekin yo‘l toshning borib tushish joyiga emas, balki o‘z manziliga olib boradi.
Izlanish – nima qilishni bilmaganimda, nimadir qilishim.
Adovat emas--- adolat yengadi.
Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.
Begona ko‘chaga kirib qolgan odam qo‘rqib qoladi, Qo‘rqadi-yu o‘sha zahoti qaytib keta qolmaydi, nimaga shunaqa qilganini o‘zi ham bilmaydi.
Mol-mulkni behuda isrof qilish kufrona «ne’matdir», o‘ylamasdan boyligini sarflash to‘liq tanazzulga olib keladi.
O'zini aybini bilganda odam,
Boshqalar aybini so'zlamasdi ham.
Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.
Эй кўнгил, ибрат ол, боқ хар тушган япроққа,
У ҳам аввал кўкдан боқарди тупроққа.
Biror-bir kimsaga yaxshilik qilsang, shuni bilki, sening saxovatingdan u behad shod bo‘lgani kabi, senga ham shunchalik zavq nasib etadi.
Muommolar to'xtash belgisi emas, ular ko'rsatmalardir.
Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.
Sening ezgu ishing hech qachon juda erta qilingan bo‘lmaydi, chunki qachon juda kech bo‘lishini sen hecham bilmaysan.