Kishi qanchalik dono bo‘lsa, u shunchalik yangi-yangi odamlarni topadi. O’rtamiyona shaxslar ko‘pchilik orasida u qadar sezilmaydi.

Har kuni aqalli bitta qo‘shiq eshitish, yaxshi rasm ko‘rish va iloji bo‘lsa, istagan bir hikmatli so‘zni o‘qib olish darkor.

Kufr bilan iymon, tuxumning oqi bilan sarig‘iga o‘xshaydi.

Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.

Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.

Tabiatga har neki odat bo‘lur, Chu eskirdi, odat tabiat bo‘lur.

Seni kim deb hisoblashlari emas, sen o‘zingni kim deb his qilishing muhimdir.

Ovqatlanishda o‘rtacha me’yorni ­saqlash, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmaslik yaxshidir.

Tavakkal qilishdan qo’rqmang, chegaralarni buzib tashlang va imkoniyatlaringiz naqadar cheksiz ekanligiga guvoh bo’lasiz.

Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq.

Agar o‘z umrimni berib Muhammad ibn Ismoilning umrini uzaytira olganimda edi, buni albatta qilgan bo‘lardim. Sababi, mening o‘limim bir kishining o‘limi, uning o’limi esa ilmning ketishidir.

Ustod aytibdir: — Ko‘cha gapiga kuch berganning Miyasi puch keladi!..

Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi.

Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.

Gap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.

“Mana Buyuklar” kanali