Adabiyot — hasratdan boshqa narsa emas. Faqat yozuvchining oddiy odamdan farqi – oddiy odam o‘z dardidan hasrat qilsa, yozuvchi birovlar dardidan hasrat qiladi.
Xudo ko‘rsatmasin, agar seni og‘ir qayg‘u-hasratlarning kuchli yellari o‘rab olsa, unda dod-faryodu fig‘onlaring foyda bermas.
Ikki kishi dunyodan hasrat bilan o’tdi: biri – yig’di, yemadi, ikkinchisi – bildi, qilmadi.
O‘zbek bir-birisiz turolmas, ko‘rishmasdan yasholmas! Ichidagini yutib yurolmas, hasratlashmay ketolmas!