Men odobni odobsizdan o‘rgandim, chunki uning qilganlarini qilmadim.
Xolis maslahat beruvchi, berilgan maslahati qabul qilinmaganida g'azab qilmasligidir.
Tajriba ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatga qobiliyatlardan ko‘ra ko‘proq tirishqoqlik bilan erishiladi. O‘z ishiga jonu-jahdini berib ishlagan g‘olib bo‘ladi.
Doimo olg‘a intilish – inson tabiatining asosi.
Tabiat — yaxshilik va go‘zallikning bevosita ifodasi
Kundan kunga o‘z-o‘zingizga takror va takroran ayting: “Men oldimga qo‘ygan maqsadimga erishaman!”
Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.
Baxt ko‘p mehnat qilganga nasib bo‘ladi.
Pulning jozibasi – juda kuchli. Lekin, hayotga jiddiy qaragan odam uchun pulning o‘zi yetarli emas.
Nima eksang o'sha tushar o'roqqa,
Nima desang shu so'z inar quloqqa.
Tavakkal qilishdan qo’rqmang, chegaralarni buzib tashlang va imkoniyatlaringiz naqadar cheksiz ekanligiga guvoh bo’lasiz.
Muhammad (alayhissalom) targ‘ib qilgan g‘oyalarning jozibasi uning izdoshlarini Payg‘ambar shaxsiyati sari tortaveradi. Zero, u odamlarni aql-idrok va din bilan boshqargan edi
Dorilfununlardagi, korxonalardagi, birjalardagi va ko‘ngilxushlik qiladigan joylardagi “real” hayot har qancha hayajonli bo‘lmasin, biz har kuni ikki soat vaqtimizni o‘tgan zamonlarning falsafasini va adabiy asarlarini mutolaa qilish bilan o‘tkazmasak, haqiqiy hayotga yaqinroq bo‘la olmaymiz.
Koʻpchilikda baxona bor... siz koʻpchilikdan boʻlmang.
Mag'rurlik qulash sari yetaklaydi