Mag‘lubiyatga uchrab, azoblansa ham yashash uchun kurashib, zulmat iskanjasidan yorug‘likka yetib kelganlar aslida eng ko‘rkam va munosib insonlardir. Ular odamlarni oson tushunadilar, his qiladilar, muloyimlik va jonkuyarlik bilan boshqalarning yarasiga malham bo‘lishga intiladilar. Bunday odamlarning kamol topishi hayotning noyob hodisasi.
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi-uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
Saltanatim qonun-qoidalarini islom dini va kishilarning eng xayrlisi hazrati Muhammadning shariatiga bog‘lab, izzatu hurmatlash vojib bo‘lgan onhazratning avlodi va sahobalariga muhabbat bildirgan holda ularni mustahkamladim. Saltanatim martabasini qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kimsaning qurbi yetmasdi.
Hali suyagi qotmagan farzandlarimizni o'z holiga tashlab qo'ysak, tarbiyasi, ilmi va ma'naviyati bilan shug'ullanmasak, kelajakda ularning komil insonlar bo'lib yetishmog'iga kim kafolat bera oladi? Biz jamiyatimiz, davlatimiz kelajagini kimlarning qo'liga topshiramiz?
Boshqalardan afzal bo‘lishni emas, avvalgi holingdan afzalroq bo‘lishni xohla! Aqllar boshqalar bilan mashg‘ul bo‘lganda kichrayib, o‘z sohibi bilan mashg‘ul bo‘lganda kattalashadi.
Ajal, berilganni olib ketmasidan, berilishi kerak bo‘lgan har narsani berib qolish kerak.
Yuksalish – yashashning yagona yo‘lidir. O‘zgarish esa yuksalishning birdan-bir chorasi. O‘rganmasdan turib o‘zgarish mumkin emas. O‘rganish esa fidoyilikni talab qiladi.