Men hech narsadan qo'rqmayman, nimaga deganda hayotimizni shunday relsga qo'yamizki, bu rels o'zining, oldinga maqsadi bor.Bu manzil erkinlik,ozodlik va barqaror yashash.
Men hamisha shunday faraz qilamanki, mabodo inson zoti bir daqiqa yolg'ondan to'xtab, ichidagini oshkor aytsa bormi, jamiyat shu zahoti titilib ketgan bo'ladi.
Shifokorlar — bular shunday odamlarki, oʻzlari oz biladigan dorilarni, ulardan-da oz maʼlumotga ega boʻlgan kasalliklarga qarshi va umuman bilmaydigan odamlariga dori yozib beradilar.
Agar temir ishlatilmasa, zanglaydi. Agar suv harakatlanib turmasa, ayniydi. Agar kishi fikrlamasa, aqlda ham shunday holat yuz beradi.
Shunday kishilardan qidirgilki do`st, Dunyoda abadiy qolsin u durust.
Bolam, amalingni tuz, xulqingni un, deb bil. Yaʼni, xulqing shunday ziyoda boʻlsinki, xulqing bilan amaling qiyoslanganida orasidagi farq, tuz bilan un qorishmasidagidek boʻlsin. Xushxulqlik bilan qilingan oz amal, badxulklik bilan qilingan koʻp amaldan xayrlidir.