Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi:
— Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa,
harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa,
ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…
Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.
Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ishlarning quvvati va manbasidir.
Бийиклик келди ҳимматдин нишона,
Ки, ҳимматсизни паст этди замона.
Ustod aytibdir:
— Qashshoq o‘ktam kelsa,
Qulga o‘t tekkani shul!
Eldan himmat ketsa,
Yurtga o‘t ketgani shul!
Olijanob va himmatli odamning «go‘shtini» hasad ahli «eydi», go‘yo qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani misoli.
O‘z va’dasida turmagan, turli-tuman vaj-karsonlar ko‘rsatuvchi kimsa hech qachon mard va himmatli inson bo‘lolmaydi.
Kimda bo‘lsa himmati oliy agar,
Kiritar qo‘lga u har neki tilar.