Husni xulq (chiroyli xulq) dan ko‘ra yaxshilik qo‘shadiganroq, hasaddan ko‘ra yomonlik ustiga yomonlik qo‘shadiganroq narsani ko‘rmadim.
To'rt narsani to'rt narsadan, yani dilni hasaddan, tilni yolg'ondan va g'iybatdan, qilgan ishingni ko'z-ko'z qilishdan, qorningni harom-xarishdan pok tut, shundagina chin odam hisoblanasan.
Qalbingni kin va hasad ila kirlatma. Chunki ularni yuvib ketkazolmaysan.
Olijanob va himmatli odamning «go‘shtini» hasad ahli «eydi», go‘yo qurt-qumursqalar arslon bolasini yegani misoli.
Ey o’g’ilginam, hasaddan saqlan. Chunki u dushmaningga yetmasdan, sening o’zingga bilinadi.