Yaxshilar mas’uliyat bilan ish qilishlari uchun qonunlarga muhtoj bo‘lmaydilar. Yomonlar qonunlarga chap berish uchun yo‘l topadilar.

Har qanday ishni boshlashdan avval Allohning rizoligini o‘yla, aks holda qilgan ishlaringning hammasi behuda bo‘lib, zoe ketadi.

Biror ishni boshlasang, oxiriga yetkazmay tashlab ketma.

Ishning faqat sababi tirikchilik emas

Har bir kishi asosan qo‘lidan keladigan va o‘ziga yarashadigan ishga urinishi zarur.

Bir o‘zing yakunlashing mumkin bo‘lgan ishga yordamchi talab qilma.

O’zingizdan: «Jiddiy ish bilan shug‘ullanyapmanmi yoki bo‘lmag‘ur ish bilanmi?» — deb so‘rashingiz hech qachon kechmas.

Biror ishni qilish qiyin emas, faqatgina boshlab olish qiyin

Agar sen o‘zingga ishonmasang, bir ish qilishga harakat qilma, ammo boshqa kimdir senga ishonmagani tufayligina ishdan voz kechma.

Biror mamlakat (hokimiyat) ishlarining orqaga ketishiga sabab — tuzuklariyu tartibotlarining susayishidandir.

O’n bora ko‘p ish qilgandan ko‘ra bittagina ishni tobiga yetkazgan ma’qul.

Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

Odamlarning ba'zilari ko'p yegani uchun o'ladi, ba'zilari ko'p ichgani uchun, uchinchilari esa qiladigan boshqa ish qolmagani uchun.

Qo‘lidan keladigan ishga emas, o‘zi tushunmaydigan ishga qo‘l urgan kishi baxtsizdir.

“Mana Buyuklar” kanali