Bugun boshlanmagan ish, ertaga tugamaydi .
Qo'lidan yanada ko'proq ish keladigan insonni dangasa degan bo'lardim.
Allohning ismi (yaʼni: Bismillahir Rohmanir Rohiym) va Unga hamd (Alhamdulillahi Robbil Aʼlamiyn) bilan boshlanmagan har qanday ish kuch-qudratning haqiqiy egasining unutilishi belgisidir. Ishni bunday boshlash natijaning barakasiz boʻlishining asosiy sababidir.
O’z vaqtida qilinmagan ish muammoga aylanadi.
Bir ishga kirishmay turib, undan qutulib chiqish yo‘llarini mo‘l qo‘y
Biron ishni qilmoqchi bo‘lsam, kengashib olib, keyin Qur’ondan fol ochardim va Qur’on hukmi bilan ish qilur edim.
Хижолат бўладиган ягона мавжудот, бу инсондир. Чунки фақат угина хижолатга қўядиган иш қилади.
Agar ikki xatarlik yoki bir xatarlik ishni qilishga to‘g‘ri kelgudek bo‘lsa, ikkovidan barobar qutulish chorasi topilmagach, bir xatarini ixtiyor etmoq kerak
Jamiyat va o‘zi uchun befoyda bo‘lishdan hamda aql-u idrokni hech qanday ish qilmaslikka sarflashdan ham ortiqroq uyatli narsa, yo‘q.
Bir ishni qilishdan oldin chora-tadbir ko‘rish insonni pushaymonlikdan qutqaradi.
Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o’rni bor, katta ishning kerakli joyi bor
Ishing natijasida yuzaga keladigan eng yomon oqibatlarni tasavvur qilib ko‘r, oldindan ularga ko‘nikib, olg‘a harakat qil!
Uchta ishing sen haqingda do'stingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni salom bilan qarshi olishing, majlisda joy berishing, u yaxshi ko'radigan ismlar bilan uni chaqirishing.
Dunyoda bizning biznesimizga o‘xshagan ishni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘lganlar juda kam. Bir daqiqalik daromad olish uchun bundan voz kechishning menga umuman qizig‘i yo‘q
Қилаётган ишингни севишинг керак, ана шунда меҳнат — ҳатто энг оғир меҳнат ҳам — ижодга айланади.