Yaxshi yashagan odamni ko'rolmaymiz. Chunki, u odam tuni bilan ishlaydi, farzandlarini, nabiralarini o'ylaydi. Bunisi esa kuni bilan uxlab yaxshi yashamoqchi bo'ladi.
Allohning ismi (yaʼni: Bismillahir Rohmanir Rohiym) va Unga hamd (Alhamdulillahi Robbil Aʼlamiyn) bilan boshlanmagan har qanday ish kuch-qudratning haqiqiy egasining unutilishi belgisidir. Ishni bunday boshlash natijaning barakasiz boʻlishining asosiy sababidir.
Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkordir