Siz biron ishni qila olmasligingizni ta'kidlovchi ikki turdagi insonlar mavjud: biri o'zi qila olmasligidan shunday deydi; ikkinchisi esa siz u ishni amalga oshirishingizdan qo'rqganidan.

Insonlar nikoh haqida gapirishdan tiyila olmaydilar.

Inson marvarid misoli ummon tubida, sohilga esa xas-cho‘p chiqadi.

Har bir kishida yaratuvchining dono qudrati yashiringani, shuning uchun bu qudratning taraqqiy etishi, gullab-yashnashiga imkon berish lozimligini unutmagan holda bir-biringizni izzat-ikrom qiling.

Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni o‘rganmagunimizcha, to o‘sha payt kelmaguncha hayotimizdagi qabihlik va yolg‘ondan qutula olmaymiz.

Agar odamni bir qarashdayoq butun sirru asrorini bilib olsang, unga qiziqmay qolasan. Inson imkon qadar o‘zida barcha xislatlarni jamlagani holda, yana nimasi bilandir sirli tuyulmog‘i kerak.

“Mana Buyuklar” kanali