Olamni kashf qilishning yagona haqiqiy yo‘li, abadiy yoshlikning yagona favvorasi - notanish mamlakatlarni kezishdan emas, boshqa ko‘zlarni qo‘lga kiritishdan; olamga boshqa insonning, yuzlab boshqa insonlarning ko‘zlari bilan boqishdan; shu odamlar ko‘rayotgan yuzlab olamlarni ko‘rishdan; shu odamlarda mujassam bo‘lgan olamlarni ko‘rishdan iborat.
Buyuk yozuvchi ichidan kelgan ovozni taroshlamay, qanday bo‘lsa shunday hayqirgan insondir. Buyuk yozuvchilar so‘z qo‘llashda avom saviyasi bilan hisoblashmaydilar.
Insonlarni boshqa joylarga eltadigan hikoyalar uchun har doim joy bor.
Bir kuni bir inson mashhur fransuz filosifi va olimi B. Paskal oldiga kelibdi-"Agar menda sizning miyangiz bo'lganda, men yaxshiroq inson bo'lardim." Paskal javob beribdi:"Yaxshiroq inson bo'ling va sizda menikidek miya bo'ladi."