Eng baxtli inson - boshqalarning baxtiyorligidan o'ziga ulush chiqargan odam
Yolg‘izlik halokatga olib keladi. Zero, inson o‘ziga kerakli narsalarni faqat jamiyat yordamida qo‘lga kiritishi mumkin.
Инсон - денгиз кабидир. Ёлғизгина усти билинади, остида нималарни сақлайди, ичида қандай ғалаёнлар бўлаётганини сўзламайди. Фақатгина жимгина овозсиз оқиб туради!
Unutma, inson dunyolarga hokim bo‘lar lekin, har doim kichkinagina qalbga asirdir!
Inson uchun faqat birgina baxtsizlik mavjud. U ham bo‘lsa, hayotga hech bir foydasi tegmaydigan yoki mehnatdan chalg‘itadigan g‘oya bilan band bo‘lish.
Olmos ishlov berilmay sof bo'lmagani kabi inson ham dard-iztirob chekmay komil bo'lolmaydi.
Ey insonlar, yolg‘onchilikdan saqlaninglar, yolg‘on gapirish iymondan chekinishdir.
Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
Кимки жаҳон аҳлида инсон эрур,
Билки, нишона анга иймон эрур.
Hayotning naqadar qisqa ekanini anglash uchun inson uzoq yashamog'i kerak.
Shubxa yo'q, ilmdan tirikdir inson, Mashaqqat mexnatni yengadi oson.
Doimo olg‘a intilish – inson tabiatining asosi.
Har bir inson o'zining ichki dunyosining aksidir. Inson o'ylaydigan narsa, hayotida namoyon bo'ladi.
Inson ixtiro qilgan vayronkor qurollar orasida so‘z eng xatarli va kuchli qurolligicha qolmoqda.
Insonning eski choponda yurgani birovning yangi to‘nini kiyib yurganidan yaxshiroq.