Ilmiga amal qilmagan olim johillar qatoriga kiradi.

Агар илмим инсоният севгисини ўргатмаса, бир жоҳил мендан минг чандон яхшироқдир!

Johillikdan besaodatroq nima bor?

Ilm olinglar. Ilm bilan birga xotirjamlik, viqor va hilmni (muloyimlikni) ham olinglar. Sizga ta’lim berayotgan kishiga tavoze’li bo‘linglar. Sizdan ta’lim olayotgan kishilar ham tavoze’li bo‘lishsin. Jabr qiluvchi olimlardan bo‘lmanglar. Ilmingiz johilligingiz ustiga qoyim bo‘lmasin.

Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi.

Johil dovulga o'xshaydi, ovozi juda kuchli, ammo ichi bo'shdir

Aqlli kishi johilga xuddi tabib bemorga xitob qilgandek xitob qilishi kerak.

Johillikning birinchi belgisi – go‘zallikni e’tirof etmaslik.

Kishi ilm talabida ekan u olimdir. Ammo qachonki "men olim bo‘ldim" deb o'ylasa u johildir

Olim odam - qimmatbaho dinordir, Nodon, joxil odam - qimmatsiz soxta puldir.

Bir dalil bilan qirq olimni mot qildim, lekin qirq dalil keltirib, bir johilni yenga olmadim.

Johil uchun eng yaxshi ish jim turishdir. Vaholanki, u buni bilganida johil bo’lmas edi.

Эркинлик жоҳиллик тугаган жойдан бошланади. Чунки жоҳилга эркинлик бериш, жиннига қурол беришга ўхшайди.

Johilning uzun hassasi bor, lekin uning bir uchi doimo o‘zining boshida turadi.

Keksa kishi bo‘lsa nodonu johil, aqlli go‘dakni undan afzal bil.

“Mana Buyuklar” kanali