Faqat bir ezgulik bor – bilim va faqat bir yomonlik bor – jaholat

Nimaiki qonuniy bo`lsa, o`sha adolatdandir

So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.

Ko'ngilning ikki ofati bor. Birisi-o'tgan ishga qayg'urish, ikkinchisi-kelgusi ishni o'ylab g'am-alam chekishdir. Birinchisidan odam ko'p uyquchan bo'lsa, ikkinchisidan uyqusizlikka mubtalo bo'ladi.

Qo'lidan yanada ko'proq ish keladigan insonni dangasa degan bo'lardim.

Aqlli kishi johilga xuddi tabib bemorga xitob qilgandek xitob qilishi kerak.

Oz narsaga qanoat qilgan odam davlatmanddir, negaki, bunday qanoat uning ma’naviy boyligidan dalolat beradi.

Илмни тирик кишилар қалбларидан ўлик қўйларнинг терларига кўчирмайман

Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo‘lishga harakat qiling: odob — ko‘rkamlik, isrofgarchilik esa — oliftalik belgisidir.

Go‘zallik — bu qisqa muddat hokimlik qiladigan qirolichadir.

Madaniyatning vorisiyligi haqida Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz.

Egasi faxrlanayotgan qanchadan-qancha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar bor.

“Mana Buyuklar” kanali