Yaxshilik qil, yomonlikdan saqlan. Sen yonlaridan turib ketganingda u yerdagi odamlar sen haqingda gapirishlarini hohlaganing, qulog'ingga yoqib tushadigan ishlarni qil. Va sen yo'g'ingda gapirishlarini hohlamaganing amallarni qilishdan saqlan.
Olamda eng avval inson aqli yaralgan. Aql qalb posbonidir. Aql yana uch qo‘riqchi: til, ko‘z, quloqning ustidan ham posbonlik qilguvchidir. Zero, ezgulik va yovuzlik aynan ana shu uch a’zo orqali qalbga kirib boradi
Ustodning aytishicha:
—Xotin-xalaj bilan ishlash qiyin —Yaqinlashsang, quloq osmay ko‘yadi; Uzoq tursang, odamoviga yo‘yadi…
Бақиргандан кўра мароми билан секинроқ қилинган таъна қулоққа яхшироқ киради, зеҳнга яхшироқ ўрнашади.