Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Kitobdan yaxshi do'st yo'q jahonda, G'amhoring bo'lgay u g'amli zamonda.U bilan qol tanho , hech bermas ozor ,Joningga yuz rohat beradi takror .