Ahmoq kishi hikmat lazzatini bilmaydi, bamisoli tumov kishi gulning hidini sezmaganidek.
Ayol kishiga avvalo Ona deb qarasak, hammasi joy-joyiga tushadi.
Одамнинг ёмони бўлмайди. Биров тош, биров гул, ўз жойида иккови ҳам яхши.
Mashaqqatsiz hayot yo‘q bunda aslo, Ezgulikni kurmasdan umr bitar.
Кўзни юмгил, кўзга айлансин кўнгил
Gapirishni o'rganibdimi - demak katta bo'libdi,
Jim turishni o'rganibdimi - demak dono bo'libdi.
Menga iltijo qilib kelgan badkirdor odamlar, xoh menga yaxshilik qilgan bo‘lsinlar, xoh yomonlik, saltanat taxtiga o‘tirganimdan keyin ularni xayr-ehsonlarim bilan xijolatga qo‘ydim. Menga qilgan yomonliklarini qilmagandek ko‘rib, ularni yomon qilmishlari daftari ustiga afv qalamini tortdim.
Agar siz buyuk ishlar qila olmasangiz, kichik ishlarni buyuklik yo'lida qiling.
Agar tilingning ortiqcha so‘zlashiga ega bo‘la olmasang, unda tizgining jilovini shaytonga topshirgan bo‘lasan.
Agar biz:
1.Ahil bo'lsak
2.El-yurt manfaati yo'lida bir tanu bir jon bo'lib yashasak
3.O'zimizdan sotqin chiqmasa
O'ZBEK xalqini hech kim,hech qachon yenga olmaydi.
Men dushmanlarimni do’stlarimga aylantirish orqali xonavayron qilaman
G‘azab vaqtidagi ozgina sabr, keladigan minglab afsuslarni oldini oladi.
Yoshlik qadrini keksalar, ne'mat qadrini muhtojlar, sog'lik qadrini bemorlar yaxshi bilishadi
Ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir. Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir.
Agar men hayotda qandaydir muhim kashfiyot qilgan bo‘lsam, asosan sabrim va e’tiborim tufayli qilganman, boshqa qandaydir iste’dodim tufayli emas.