Chala bilim egasi bo‘lishdan ko‘ra, bilimsizlik afzalroqdir.
Bir insonning qandayligini bilmoqchi bo‘lsang, u bilan birga o‘tirib-turgan do‘stlariga qara
Dunyodagi eng huzursiz inson, qalbida kibr va adovat bor insondir.
Aksari hollarda yoshlarning men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. O’ylab
ko‘rilganlarni o‘ylab o‘tirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati
shunda
Кўп демак бирла бўлмағил нодон,
Кўп емак бирла бўлмағил ҳайвон.
Dunyoda olimlarning xushomadgo‘yligi bo‘lmaganida, zolimlar zulmga jur’at qilolmasdilar.
Lider shunday bo'lib tug'ilmaydi va kimdir uni liderga aylantirmaydi - u o'zini o'zi lider qiladi.
So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
Yordam berishning go‘zalligi undan kishining tasalli topishida ko‘rinadi.
Inson yiqilib qayta tursa bu - fizika emas. Bu - xarakter.
Qonun qudratli, biroq ehtiyoj yanada kuchliroq.
Мен дардимни на дўстимга ва на душманимга айтаман. Зеро дўстим хафа бўлса, душманим севинади. Менинг ҳолимни энг яхши биладиган Аллоҳимдир.
Nafs iti doimo akillab turadi.
Halol kasb qilish tog‘ni ko‘chirishdan og‘irdir.
Sevgi g‘alati bir olov. So‘nmasin desang, bor budingni unga tashlashing kerak: vaqtingni, g‘ururingni, shuuringni...