Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
Yaxshiroq ondinki birov bersa ganj.
Бошига иш тушган одамни шилиш — ўликнинг кафанини ечиб олишдай гап.
Ko‘nglingni poklamabsan-ku, tinmay tahorat olganing nimasi
Ey, dil! Na bitmas xazinasan, na davosiz dard.
Майдонга келган нохушлигу касалликларнинг барчаси қачонлардир қилган ёмонликларинг ва гуноҳларинг мевасидир.
Сўз ҳақиқатнинг сояси ва парчасидир.
Kitob — yolg‘izlik ummonida cho‘kib ketayotgan odam uchun qutqaruv belbog‘i.
Rost gap chegaralangan, unga bitta ortiqcha so‘zni qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi. Yolg‘on gapning chegarasi yo‘q, shu bois unga yolg‘on so‘zlar qo‘shilib borgani sayin ko‘pirib boraveradi. Achinarlisi ko‘pirma yolg‘onga ko‘proq ishonadilar.
Агар бахтли яшашни истасангиз бахтни мақсадга боғланг, одамлар ёки нарсаларга эмас
Sharoit qancha yomon bo‘lsa, harakatni shuncha kuchaytir.
Quyosh ko‘rlarga ko‘rinmay berkinganidek, johillarga ham dunyoda to‘g‘ri yo‘l belgilari ko‘rinmay qoladi.
Sen menga muayyan bir xalqning tili, yozuvi gapiradigan soʻzi yoki boshqa jihatlarini koʻrsatsang, senga bu xalqni qanday oson idora qilish mumkinligini aytaman.
Ezgu ish mashaqqat mahsuli, lekin bu bir necha bor takrorlansa ko‘nikmaga aylanadi.
Ғарб иқтидорли, ақлли эмас!
Биз эса, нодон эмасмиз!
Улар фақат йиқилган, муваффақиятсизликка учраган кишини, то у муваффақиятга эришгунича қўллаб-қувватлашади.
Биз эса, муваффақиятга эришган киши билан, то у йиқилиб, муваффақиятсизликка учрагунича уришамиз.
Men o‘z saltanatimni dini islom, to‘ra va tuzuk asosida mustahkamladim. Saltanatni boshqarishda uchragan har qanday voqea va ishni tuzuk asosida bajardim.