Odamlarning botiri kelajakdagi ishlardan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan chetlangan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir.

Ilm-fanga sarmoya doimo katta foyda keltiradi.

Ey havoyu havasga berilgan nafs, tez bo‘l. Chunki sen bir nafasning himoyasidasan.

Одам борки, денгизларга қонмас, одам бўладики, бир томчи сув билан кифояланади.

Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.

Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir.

Qalblar ham qozon kabi ichidagi bor narsasi bilan qaynab turadi. Tillar esa uning choʻmichidir.

Odam bolalikdan yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga qadam qo’ymasligi kerak, avlodlarni ham yaxshilik va go’zallik kurtaklarisiz hayotga yo’llab bo’lmaydi.

Haqiqiy ta'lim odamni odamiylikka tayyorlashdir

Ma'lumki ,ko'zguda hamma narsa teskari ko'rinadi , lekin u siz biz o'zimizni hech qachon ko'ra olamas edik.

Garchand uzoq umr ko’rgan bo’lsalar-da, ko’p odamlar g’o’r va tajribasizdir.

Kafshsizlikdin malul bo'lmag'il, ayog'sizlarga boqib, shukr qil. (Kovushim yo'q, deb nolima, balki oyog'i yo'qlarga boqib shukr qil)

Qilich o‘tkir bo‘lsa-da o‘z sopini kesmagay.

Daraxtning kamolga etgani mevasi bilan bo`lganidek, baxt-saodatning mukammal bo`lishi yaxshi xulqlar bilan namoyon bo`ladi.

Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.

“Mana Buyuklar” kanali