O'rganish hech qachon miyani toliqtirmaydi.
Qalb tirikligi nafsni o‘ldirish bilandir. Doimo himmatli bo‘lki, himmat ishlarning quvvati va manbasidir.
Axloqli kishi hatto o‘z hayotidan ayrilgan taqdirida ham do‘stlari va vatani uchun ko‘p ishlarni qiladi.
Bir narsani hech tushunmayman: kitob o'qiydiganlarda pul yo'q.Puli ko'plar kitob o'qimaydi.
Hech bir ayolga, singlining idishidagi ne'mat o'ziniki bo'lishi uchun uning ajralishini va o'rniga o'zi turmush qurishni xohlashi halol emas. Bu ayol shuni yaxshi bilishi kerakki, taqdiri azaldan peshonasiga nima yozilgan bo'lsa, shu bo'ladi.
Агар ҳикматга бўлса илтифотинг —
Ки, бўлсун Нуҳ умрича ҳаётинг!
Ehtiroslar—kemalarning yelkanlarini to‘ldiradigan shamol. Ba’zan u kemalarni cho‘ktiradi, lekin yelkansiz kemalar ucholmaydi. Safro insonni g‘am va kasal qiladi, ammo safrosiz u yashay olmaydi. Bu dunyoda hamma narsa zarur va hamma narsa havfli.
Raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim
Baxt - o'tmishda yo'qotilgan yoki kelajakda kelishi mumkun bo'lgan narsa emas.
Baxtni ayni paytda his qiling!
Harakat zaif bo’lgan joyda, kuchli bilim foydasizdir.
Harakatsiz bilim – ipsiz kamon o’qidir.
Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir.
Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro,
Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.
Ovqatlanishda o‘rtacha me’yorni saqlash, ya’ni o‘ta to‘q ham, o‘ta och ham bo‘lmaslik yaxshidir.
Yo‘q hunari yolg‘uz esa yuz kishi,
Qayda kishi sonida yolg‘uz kishi.
Мен бир асар ёзишдан аввал шу ёзмоқчи бўлган нарсам ҳақидаги материалларни пухта ўрганиб чиқаман… Материални ўрганиш маҳалида энг майда нарсаларга (деталларга) ҳам аҳамият бераман. Масалан, мен ҳалиги ўрганмоқчи бўлган ерда қанча дарахт борлиги, уларнинг қанчаси эски ва қанчаси янгилиги, мен борган маҳалда ўша дарахтларда қандай қушлар қайси хилда қўниб турганлиги ва шунга ўхшаш майда нарсаларгача.