Pulni aql bilan ishlata bilish uchun, avval pulni aqlga ishlatish kerak.
Vaqt pillapoyasi cheksizdir, bir-birining o’rnini egallab
boradigan avlodlar zinadan zinagagina ko’tariladilar, xolos.
Jamlangan tajribani har bir avlod o’zidan keyin kelayotgan,
o’zidan keyin uni taraqqiy ettiradigan va boyitadigan
navbatdagi avlodga etkazib beradi.
“Ko‘zoynakli botanik”lar bilan yaxshi munosabatda bo‘lgin. Ulardan biri kelajakda senga rahbar bo‘lishi hech gap emas.
Ingichka oh chorasizlik belgisidir. Va yo bemornikidir. Dardi og‘ir odam ko‘ksini to‘ldirib emas, dilidan shikasta oh chiqazur.
Barchamiz aytilmagan so‘zlarning sohibi, og‘zimizdan chiqqan so‘zlarning qulimiz.
Har bir tabiiy narsa o‘lchangan bo‘ladi, lekin har bir o‘lchangan narsa tabiiy bo‘lavermaydi.
Jaholat Haqni va haqiqatni ko‘rmaslikdir.
Adabiyotning o‘suvi — millatning o‘suviga garov va millat kamolini ko‘rsatuvchi oyna.
Qo‘shnilariga tuzoq qurish, arslonlarga yarashmaydi.
Amal - insondagi ma'nodir.
Hamma ibodatlarning eng fazilatlisi ilm bilan qo‘shilib kelganidir.
Temirchilikni bilmasang, temirchi o‘chog‘idan o‘tayotganingda soqolingni ham sochingni ham yoqasan.
Haqiqiy iste’dod ato qilingan kishi buyuk o‘tmishdoshlar bilan muomala qilishga ichki ehtiyoj sezadi va ushbu ehtiyoj uning yuksak iste’dodidan dalolat beradi.
Kimga yaxshi kuyov uchragan bo‘lsa, u odam o‘g‘illik bo‘libdi. Kimga yaramas kuyov yo‘liqqan bo‘lsa, u odam qizini yo‘qotibdi.
Динингизни яхшилаб ўрганинг ва унга мувофиқ яшанг. Акс ҳолда ўтказаётган ҳаётингизни дин шу бўлади, деб тушунадиган бўлиб қоласиз.