Madaniyatning vorisiyligi haqida
Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarlarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan
kechiraman; agarki biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda
katta foyda orttirgan hisoblanamiz.
So'zni bilib so'zla, shoshib so'zlama,Bo'lmag'ur so'z aytib,keyin bo'zlama,Do'sting mingta bo'lsa,ko'p ko'rma sira,Dushman bitta bo'lsa,uni oz dema.
Uchta ishing sen haqingda do'stingda yaxshi fikr hosil qiladi: uni salom bilan qarshi olishing, majlisda joy berishing, u yaxshi ko'radigan ismlar bilan uni chaqirishing.
Сен менга бир сўм бер, мен сенга бир сўм бераман. Иккаламизда ҳам ҳеч нарса ўзгармайди. Сен менга бир фикр айт, мен сенга бошқа фикр айтаман. Иккаламизда ҳам иккитадан фикр бўлади.
Avvalo shuni tushunib olish joizki, Alloh haqidagi bor haqiqatni va Uning ulug‘vor mohiyatini faqat Allohning O’zigina biladi. Bundan hayron bo‘lmaslik joiz: farishtalar haqidagi haqiqatni farishta, payg‘ambarlar to‘g‘risidagi haqiqatni payg‘ambargina bila oladi. Hatto shogird to ustozining darajasiga yetolmas ekan, uni chinakamiga tushunolmaydi. U ustozining darajasiga yetgandan keyingina o‘zini ustozi kabi anglay boshlaydi...
Egasi faxrlanayotgan qanchadan-qancha bashang poyabzallar ichida yirtiq paypoqlar bor.
Tuzatish ko'p foyda beradi, lekin ruhlantirish yanada ko'proq foyda beradi.
Ustod aytibdir:
— Odamning so‘zini bilmay, O‘zini bilolmaysan. Rusumini bilmay, El orasiga kirolmaysan!
Kimki boshqalarga nisbatan hurmat hissini yo‘qotishga moyil bo‘lsa, u avvalambor o‘zini hurmat qilmaydi.
To’gri va haq yo’ldagi kishining yurishi arslon yurishidan ham mahobatliroqdir.
Bekorchilik va aysh-ishrat nafaqat nodonlikka olib keladi, ayni vaqtda kasallikning tug‘ilishiga ham sabab bo‘ladi.
Kimki samarali mehnat zavqini tuysa, o’rtamiyona turmushi ham badastir bo’la boradi.
Agar bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, siz hech qachon donolarni yetishtira olmaysiz.
Poktiynat kishilar suhbatidan bahramand bo‘lmoq, podishohlar boshiga toj bo‘lmoqdan afzaldir.
Eng kulgili istak – barchaga yoqish istagi.