Sababsiz uzr gunohdir, ishonch yo‘qolishi bilan qilingan takalluf haqoratdir.

Ey do’st, darding nima bo’lsa bo’lsin, Umiding har zamon Alloh bo’lsin.

Uyga kelish va tobora ulg‘ayib borayotgan o‘g‘limni ko‘rish – menga tashvishlarimni bir zumda unutishga yordam beradigan quvonchdir. Bu xursandchilik meni tubdan o‘zgartirdi.

Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro, Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.

O‘zgadan o‘pkalash va arazlash xuddi o‘zing zahar ichib boshqalar halok bo‘lishini kutgandek gap.

Aql ahli makringga qachon o‘lg‘ay firefta, Yolg‘on karomatingni bayon qilmagil abas.

Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.

Ikki kishi chiqargan fitnani hatto shayton ham chiqara olmaydi: dunyo hirsiga berilgan olim va ilmsiz so‘fiy.

Агар Сиз ҳақиқатни яшириб, тупроққа кўмсангиз, у барибир униб чиқади ва кейин шундай кучга айланадики, бир кун келиб, ерни ёриб чиқиб, ўз йўлида учраган ҳамма нарсаларни супуриб ташлайди.

Ustod aytibdir: — Yo‘lni to‘g‘ri tutsang, to‘q tutadi; Yeyishning payiga tushsang, Yo‘q etadi…

"Xotirjamlik-hayotingizdan muammolarning yo'qolishida emas,balki ana shu muammolar bilan muomala qila bilishdadir." 🔹Mark Tven

Hech kim sizdan aqlli emas, hech kim sizdan kuchli emas. Shunchaki ular sizdan ancha vaqtliroq boshlashgan.

Sabr deb, inson boshiga tushgan alam va chidab bo‘lmaydigan og‘riqni to yengunga qadar ushlab turishga aytiladi.

Maʼnaviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak.

Kimki aslida badumid erur, Yaxshilik ul kishidan etma umid. Almaiy

“Mana Buyuklar” kanali