Аёлларнинг кучига ишонмаган кишининг, онасиз ўтадиган болаликка қайтиб қолишини жуда-жуда хоҳлардим.

Ishq sharobdir, ayni damda ishq ulkan qadah ham.

Sayyohda makr bo‘lmasa, domiga ov ilinmas.

Ulamo bilan suhbatda bo‘l va pok niyatli, toza qalbli kishilarga talpin. Bularning himmatlaridan ulush tilanib, muborak nafaslari bilan duo-fotiha berishlarini iltimos qil.

Sahnani tark etayotib obrazdan ham chiqishni unutma. - Georgiy Visin

Kimnidir sevsang, uning ko‘zlarida hamisha quvonch chaqnayotganligini ko‘rging keladi.

Taraqqiyot tasodif emas, zaruratdir.

Kitobdan yaxshi do'st yo'q jahonda, G'amhoring bo'lgay u g'amli zamonda.U bilan qol tanho , hech bermas ozor ,Joningga yuz rohat beradi takror .

Imkoniyat muzqaymoqqa o'xshaydi, erib ketmasidan oldin yeb qolish kerak.

Nafsni tiyishni ham o‘rganish kerak, aks holda, bir kun kelib, u bizni “tiyib” qo‘yishi mumkin. Chunki nafs nafaqat yeyish-ichishga bo‘lgan maylni, balki boylikka, amalga yoki shon-shuhratga bo‘lgan ishtiyoqni ham alanga oldiradi.

Siz haqingizda yomon gumonga boradigan kimsa sizni ko'zi bilan tanibdi, qalbi bilan emas.

Gulning go‘zalligi urug‘idan; insonning husni esa qalbidandir. Mavlono Rumiy

Gul tani yuz chok oʻlub bukim boʻyalmish qon aro, Tegdi gʻamzang xaylidin goʻyo anga bisyor tiygʻ.

Кўп демак бирла бўлмағил нодон, Кўп емак бирла бўлмағил ҳайвон.

Агар пулинг кам бўлса бизнес қил. Агар пулинг умуман бўлмаса – унда зудлик билан бизнес қил.

“Mana Buyuklar” kanali