Yaxshi yashagan odamni ko'rolmaymiz. Chunki, u odam tuni bilan ishlaydi, farzandlarini, nabiralarini o'ylaydi. Bunisi esa kuni bilan uxlab yaxshi yashamoqchi bo'ladi.
Agar hozir (biron narsani) bilmasalaring, uyat emas! Kurslarga boringlar, 2-3 oymi, o'rganinglar. Agar bugun o'rganmasak, ertaga kech bo'ladi!
Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilan bo'ladi.
Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo'ladi.
Maʼlumki, oʻzlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar oʻrtasidagi ruhiy-maʼnaviy bogʻliqlik til orqali namoyon boʻladi.
Inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuygusi ildiz otib,ulg'aya boradi.Bu ildiz qancha teran bo'lsa,tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi
Men hamisha shunday faraz qilamanki, mabodo inson zoti bir daqiqa yolg'ondan to'xtab, ichidagini oshkor aytsa bormi, jamiyat shu zahoti titilib ketgan bo'ladi.
Oqil kishi dunyodagi rizqiga rozi bo‘ladi va mol to‘plashga mashg‘ul bo‘lmaydi. Oxirat amallari bilan shug‘ullanadi. Chunki oxirat qaror topish va ne’matlar uyidir. Dunyo foniylik uyi, u xiyonatkordir
Inson gapirishni o‘rganishi uchun ikki yilga muhtoj bo‘ladi. Jim turishni o‘rganishi uchun esa, ellik yil kerak.
Kambag`al, tul yetimlarning hollaridan xabardor bo`lib tur, ularni avaylasang, adolat mana shu bo`ladi.
Yaxshi yashalgan har qanday umrni uzoq umr xisoblasa bo'ladi.
Adovat tigini kotargan kishi,Adovat tigidan bo'ladi halos.