Mutafakkirlarning fikrlari bilan tanishish miya uchun tengsiz mashq: aqlga aql qo‘shadi va fikrni charxlaydi.
Одобсиз ишлари-ю бузуқ хулқлари кўрина бошлаган дўстларингиздан эҳтиёткорлик билан аста-аста йироқлашиб, сўнгра тамом алоқани узингиз, яна қайта келиб қўшилмангиз.
Do'stlarning g'am - qayg'usiga sherik ekaningizni ko'rsatish ular bilan birga motam orqali emas, ularga yordam qo'lini cho'zish bilan bo'ladi.
Agar odamga oldindan hammasi ma’lum bo‘lsa, so‘ngida uni shubhalar kutadi, ammo agar u shubhalar bilan boshlasa, so‘ngida unga barchasi ma’lum bo‘ladi.
Talablarsiz yoki dizaynsiz, Dasturlash - bu bo'sh faylga xato(bug)larni qo'shish san'atidir.
Biror mamlakat (hokimiyat) ishlarining orqaga ketishiga sabab — tuzuklariyu tartibotlarining susayishidandir.
Ўзингизга бўлган ишончни сўндирмоқчи бўлганлардан узоқлашинг. Буюк инсон, аксинча, сиз ҳам буюк бўла олишингизга ишонч уйғотади.
Allohni anglashdan avval o‘zni anglamoq joiz
To‘g‘ri o‘ylab, to‘g‘ri qaror ber.
O’n bora ko‘p ish qilgandan ko‘ra bittagina ishni tobiga yetkazgan ma’qul.
Modomiki, donolarcha javob berishlarini xohlar ekansan – donolarcha savol ber.
Agar o'qigan narsangni 6 yashar bolaga tushuntirib bera olmasang, buni o'zing ham hali tushunmagansan.
Аёлларнинг кучига ишонмаган кишининг, онасиз ўтадиган болаликка қайтиб қолишини жуда-жуда хоҳлардим.
Muammolar – umr bezagi, ularni yengib o‘tish esa umrning mazmunidir.
Ko‘pincha yoki ba’zan Hasan al-Basriyga o‘xshash buyuklarni Xajjoj zolimga o‘xshashlar tug‘adilar, go‘yo sho‘r dengiz suvidan dur-marjonlar chiqqani kabi.