Men doimo o‘z chegaralarimni, imkoniyatim sarhadini kesib o‘tishga intilaman. Kundan-kun mahoratni oshirib borish eng katta ehtiyojim.
Kelib ishrat, yana mehnat tugandi, Ketib mehnat, yana davlat ulandi.
Uyquni yengil o‘lim, o‘limni og‘ir uyqu deb biling.
Ezgu ishni hech qachon keyinga qoldirmaslik kerak: har qanday paysalga solish bema’nilik va ko‘pincha xavflidir.
Dunyoni bilmakka idroking garov,
Zehn quymoqqa dili poking garov.
Yaxshi ish qilmoq uchun yo’qsa o’quv,
Sanga lozimdur o’quv birlan o’quv.
Lo‘nda fikrlarning afzalligi shundaki, ular jiddiy kitobxonni o‘zicha o‘ylashga majbur etadi.
Abadiy yashayman deb xomtama bo’lmang. Baribir bunga vaqtingiz yetmaydi.
Xotin zoti agar qalbing ular ishqiga giriftor bo‘lganini sezsa, burningni tuproqqa ishqaydi.
Agar biror qayg‘u-alam yuz bergani yoki ta’ziyali joyni eshitsang, darhol u yerga bor, agar ziyofatu mehmondorchilikka chaqirilsang, unda o‘zing o‘ylab ish tut (o‘zing bilasan).
Yaxshi kishilar yuksak axloqiy yetuklik va yuksak axloqiy obro‘ bilan ajralib turadilar.
Kamol ahli aro, albatta, topg‘ay rutbai oliy, Maoniy kasbida kimsakim qildi hunar ixlos.
Gap kimning bolasi ekanligingda emas, kim bilan ulfat tutinganligingda.
O‘zni tanimoq, eng buyuk ma’rifatdir.
Gunoh doimo oshkora keladi va darhol bilinadi. U o‘z ildizlariga qaytib ketadi, shuning uchun ham uni kovlab olib bo‘lmaydi.
Kunlar - umr kitobining sahifalaridurkim, umrga ko‘chirmalar bitib borilaveradi.