Shuhrat uchun sarf-xarajat qilma.

Tuban niyatlarni oliy niyatlarga qurbon qila borar ekansan, ma’lum vaqt uchun, yil uchun, oy uchun, hafta uchun, kun va soatlar, lahzalar uchun, bus-butun hayot uchun maqsading bo‘lsin.

Xastalik va muhtojlik — bular ikkalasi shunday bir baloki, hatto xutbon (eng taxir, achchiq ichimliklardan hisoblanadi) ichimligidan ko‘ra ham achchiqroqdir.

Ҳаёт бирор кишига текин дарс бермайди. "Ҳаёт менга шундай таълим берди" деган пайтингда, аниқ қиммат нарх тўлаган бўласан.

Талабларингиз жуда юқори эканлигидан афсусланманг. Сиз билан бўлишни чиндан хоҳлаган кишилар албатта бу талабларни қаноатлантиришади

Agar kishi murakkab ish bilan shug‘ullansa va uni yaxshi bajarsa, u hech qachon o‘ziga bo‘lgan hurmatni yo‘qotmaydi.

Haqiqiy adib aslo ruhini tushirmay ijod qilishi lozim. Chin adib o‘sha — yorug‘ kunlarni kutmasdan, unga umid bilan boqib ijod qilaverishi kerak.

Har bir kuningizni ijobiy fikr va minnatdor qalb bilan boshlang.

Ёшлигингни асра. Дунёда ундан яхши палла йўқ. Ундан қимматли нарса ҳам йўқ! Ёшлигингни, худди олтин каби, истаган нарсага ишлатишинг мумкин.

Ижтимоий тармоқлар билим манбаси эмас, у фақат мутолаа воситаси холос. У ақлни тўлдириб қўймайди, маърифатни ўстириб қўймайди. У худди гап-гаштаклардаги суҳбатга ўхшайди. Шундай экан, китоб ўқинг, китоб!

Seni kechayu kunduz ziyorat qiluvchilarning ko‘pchiligi seni haddan ortiq ko‘klarga ko‘tarib maqtab, oxir-oqibat adovatga duchor qiluvchilardir.

Me’yordan oshsa har qanday hatti-harakat foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltiradi.

Ey birodar, agar meni jannatda ko'rmasang, Robbimdan bir og'iz so'ragin falon birodarim bor edi, uni olovdan chiqargin, rahm qilgin deb...

Birovdan nafratlansang va unga hasad qilsang hayotingga zahar solgan bo‘lasan.

Hamma ham nimagadir qodir. Gap shundaki, ko‘pchilik kimligi va imkoniyatiga yetarli baho bermasligi tufayli orzulari sari olib boradigan qadamni bosishga jur’at qilmaydi.

“Mana Buyuklar” kanali