Seni kasodu inqirozga uchrashdan ogoh qiluvchi kishiga lutf bilan muomalada bo‘l, qo‘rqma, zarari yo‘q, ziyoni yo‘q, deb yupatuvchilardan uzoqroqda bo‘l.

Odamzodni yanchib tashlash mumkin, lekin uni yengib bo'lmaydi.

Ayollar bizning xatolarimizni kechirishmaydi - va hatto o`zlarinikini ham.

Xudo ko‘rsatmasin, agar seni og‘ir qayg‘u-hasratlarning kuchli yellari o‘rab olsa, unda dod-faryodu fig‘onlaring foyda bermas.

"Keyinroq" - "Hech qachon"ga teng.

Mehnatkash asalari achchiq gullardan ham asal yig'ishni bilishadi.

Odamlarning tanqididan o'zini ozod deb bilgan odam aqlsizdir, chunki hatto olamlarning Robbisini ham insonlar noto'g'ri tanqid qiladi

Qaysarga nasihat qilgan kishining o‘zi nasihatga muhtojdir.

Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.

Mo'lu ko'l , kattakon amalga mingach , Do'stini tanimas, ko'zin bosib yog'.Oshnolar yoniga xasrat-la borur ,Amaldan haydalib,ojiz qolgan chog'.

Hayot yo’lini jasorat-la bosib o’tmoq lozim. Basharti kimdandir qo’rqsak, bunga o’z izmimizni o’sha odamga topshirib qo’yganimiz sababdir.

Millatchilik — iblislar panoh topajak eng so‘nggi panoh, demak. Millatchilik — jaholat, demak. Millatchilik — bir xalqni boshqa bir xalqqa nisbatan nafrati, demak. Shu boisdan, juda ko‘p fojialar ana shu millatchilikdan kelib chiqadi.

Ҳазилдан жиддий гапга ва жиддий гапдан ҳазилга осонгина ўтиш кишилар энг зўр ўйлаганларидан кўра кўпроқ қобилят талаб қилади. Кўпинча ҳазил шунақанги бир ҳақиқатни очиб қўядики, ҳазилсиз унга етишиш амримаҳол бўлур эди.

Men har doim katta va muvaffaqiyatli ishni ko‘rganimda bilamanki kimlardur qachonlardir to‘g‘ri qaror qabul qilishgan.

“Mana Buyuklar” kanali