G’azablanganingda g‘azabingni bosishni o‘zingga majburiyat bil.

Inson bolasi yaxshi tarbiya topib, oqil va odil ta’lim olib, go‘zallikni ilg‘ay biladigan, noziklikni payqay oladigan, sof va pokiza hayotni his qilishga odatlangan holatda voyaga yetmog‘i lozim. Shunda u yomon va xunuk illatlardan, kir va iflos qilmishlardan jirkanadigan inson bo‘lib yetishadi. Jirkanish odamning insonlik mezoni!

Nomussiz hayotdan, nomusli o‘lim yaxshi.

Meni futbol ulg‘aytirgan. Bu kunga kelguncha ko‘p kunlarni boshdan o‘tkazdim. Maydon va uning tashqarisida bo‘lgan yaxshi va yomon narsalar avvalo inson va professional bo‘lishimga xizmat qilgan.

O'zim haqimda bilimsizligim lahza sayin oshib bormoqda.

Юз жафо қилса манга бир қатла фарёд айламон, Элга қилса бир жафо, юз қатла фарёд айларам.

Hayo - insonning abadiy go‘zalligi va latofatidir. Hayosiz yuz jonsiz jasadga o‘xshaydi.

Biznesdagi imkoniyatlar xuddi avtobusga o'xshashadi. Ular ketma-ket kelaverishadi.

Bolaligida bilim daraxtini ekmagan kishi keksayganda rohat qilib dam oladigan daraxt topolmaydi.

Yaxshilik haqida o‘ylashlik o‘sha yaxshilikka amal qilishga undaydi. Yomonlikka nadomat esa, o‘sha yomonlikni tark etishga chorlaydi.

Men uchun pullarning hech qachon birinchi o‘rinda bo‘lmaganligi muvaffaqiyatim siridir.

Qomus millatning nomusidir.

Inson egallashi mumkin bo'lgan qobiliyatlar ichida uni qisqa fursatda martabaga erishtiruvchi va mashxur etuvchi omil, bu chiroyli so'zlashdan boshqasi emas.

Olim kishi so‘zidan olgil o‘git, Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.

O‘rinsiz nasihat, kishini yaralaydi.

“Mana Buyuklar” kanali