Men bolalik davrimdan boshlab hozirgacha futbol o‘ynashdan rohatlanaman. Va so‘nggi qadamni tashlashga kuchim yetguniga qadar shunday bo‘lib qoladi.
Xulqning muvozanatda bo‘lishi badan salomatligini saqlaydi.
Iymonsiz kishi yalong‘och odamga o‘xshaydi.
Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.
Baxtiyorlik osoyishta qalibga ega bo'lish bilan vujudga keladi.
Дўстингга айтадиган биринчи сўзинг унинг учун соғлиқ тиламоқ бўлсин.
Ustod aytibdirki:
— Mushohadasiz mutolaa — puch!
Mutolaasiz mushohada — yovuz kuch!
Йигитликда йиғ илмнинг махзани,
Қарилик чоғи сарф қилғил ани
Gul tikandan xoli bo'lmaganidek, yaxshi kishi ham g'amu ozordan ozod emas.
Aytur so'zni ayt, aytmas so'zdan qayt.
Modomiki, Allohdan boshqadan umid qilmas ekansan, Allohdan boshqadan ham qo'rqma.
Камбағал бойни кўра олмайди. Бой эса камбағални сезмайди.
Doʻstlik eng katta lazzatlar manbaidir, va doʻstlarsiz eng qiziqarli izlanishlar ham zerikarli boʻlib qoladi.
Xuddi yaramas oshnalar singari bo‘lmag‘ur kitoblar ham bizni yo‘ldan urishi mumkin.
Iymon - ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofoti esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.