Kishini g‘azablanganda sinovdan o‘tkazmaguncha uning xulqiga ishonmang!
Har qanday sohada muvaffaqiyatga erishish uchun eng kamida uzluksiz o‘qish va izlanish lozim.
Dasturlash - bu bir vaqtning o‘zida bitta narsa qilish san’atidir
Aksari hollarda yoshlarning men birovning aqli bilan yashamayman, degan gaplarini eshitasan. O’ylab
ko‘rilganlarni o‘ylab o‘tirish senga ne hojat? Tayyorini olib, olg‘a ketaver. Insoniyatning qudrati
shunda
Balandparvoz gaplar, toʻylarni yoʻlda toʻxtatish menga kerak emas. Toʻylarni yoʻlda toʻxtatgandan koʻra, senga oʻxshagan yoshlarning kattalari, dunyoqarashlaringni oʻzgartiringlar. Men toʻy masalasini, u bir yilda boʻlmaydi, nima uchun choʻzyapman, muhit paydo boʻlishi kerak oldin. Prezident aytdi deb toʻyni toʻxtatish, bu Prezidentga xiyonat.
Mehmon kirmagan uyga farishtalar ham kirmaydi.
Бировнинг изидан юрсангиз ҳеч қачон ундан ўза олмайсиз.
Men hamisha shunday faraz qilamanki, mabodo inson zoti bir daqiqa yolg'ondan to'xtab, ichidagini oshkor aytsa bormi, jamiyat shu zahoti titilib ketgan bo'ladi.
Хуш дурур боғу коинот гули,
Барчадин яхшироқ ҳаёт гули.
* * *
Vijdonli va insofsiz odamlarni nafaqat bajarayotgan amallaridan, balki xohish-istaklaridan ham bilib olish mumkin.
Ey Navoiy, o’yin kulgi naqadar diltortar bo’lmasin, odob va hayo yanada yaxshi, xushdir.
Инсон кўринишидан ҳеч нарса демаса ҳам ичида доимо гапиради.
Бир одамнинг фикри битта ипга ўхшайди, узилиши мумкин. Икки фикр эса қўшалоқ ипга ўхшайди. Учтаси эса узиш қийин арқонга ўхшайди.
Ustod so‘zicha, himmat egasi to‘qqiz sifatni orzu qiladi:
— Ko‘zi o‘tkir, qumquloq bo‘lsa, yuzi kulib tursa,
harakatida barakat, ishi pishiq, lafzi toza bo‘lsa,
ikkilanganda so‘rashdan iymanmasa, qahri qo‘ziganda oqibatini o‘ylasa, ko‘nglida adolat oftobi bo‘lsa, paytida foydani bilsa…
Odam o‘zining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi bo‘lishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.