Tirikchiligiga kifoya etarlik davlatga ega bo'lgan kishi undan ortiqchasini talab qilmasin, ortiqchasini talab qilgan kishi benihoya qayg'u alamlarga giriftor bo'ladi.

Jazolashga qodir bo‘lmagan hakam oxir-oqibatda jinoyatga sherik bo‘ladi.

Har qanday yutuq turi uchun qat’iyatchalik boshqa biror muhim sifat bor deb o’ylamayman.

Futbol uchrashuvlaridan so‘ng boshqalar qatori oilam, do‘stlarim davrasida bo‘lishni afzal ko‘raman.

Xulq go‘zal bo‘lsa, barcha xalq sevadi, Xulqi to‘g‘ri bo‘lgan kishi to‘rga chiqadi.

Yal-yal yongan yoshlik husni ortiqcha pardoz-andoz kasridan gullagan paytidayoq xazon bo‘ladi

Pulning ketidan quvma - uni qarshi ol.

Agar asarning birinchi bobida devorga qurol osilgan deb aytilsa, ikkinchi yoki uchunchi bobda u albatta otilishi kerak.

* * * Vijdonli va insofsiz odamlarni nafaqat bajarayotgan amallaridan, balki xohish-istaklaridan ham bilib olish mumkin.

Odamlar burchlarini unutishga, huquqlarini eslashga moyil bo‘ladilar.

Kishilarga ma’lum bo‘lmasa ham, haqiqat haqiqatdir, ko‘r ko‘rmasa ham, kunduzi kunduzidir.

Olim kishi so‘zidan olgil o‘git, Yaxshi so‘zlar ta’siri dilga singar.

Биз хатоларни қанча тез тузатсак, ўтмиш маданиятимиз учун ҳам, келгуси тараққиётимиз учун ҳам шунчалик катта савоб иш қилган бўламиз.

Yomon xotin misoli go‘zal kiyingan chayonning o‘zidir.

Асосийси олий таълим эмас, балки олий тафаккур.

“Mana Buyuklar” kanali