Ҳақиқий рахбарлар деярли ҳеч қачон бақирмайди. Рахбар шундай муҳит яратадики, унда одамлар рахбарни хафа қилишдан хижолат бўлади. Айбдорлик ҳисси ва ҳурмат - қўрқувдан кўра анча самаралироқ турткидир.
Gʻamlarning koʻpligi mahzun boʻlish, qovoq solish uchun mantiqiy sabab emas. Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam insonlarning orasida eng gʻami koʻp boʻlishlariga qaramay, insonlarning eng sertabassumi edilar.
She’rni tahlil qila boshlasalar, g‘ashimga tegadi. Bahorgi sof havoning kimyoviy tarkibini ham tekshirish mumkin. Ammo, undan ko‘ra, shunday ko‘krak to‘latib nafas olgan yaxshiroq emasmi?
Men, ayniqsa, ziddiyatli hodisalarga sinchkovligimni uyg‘otuvchi va o‘sha ziddiyatlarni hal etib
beruvchi har turli ixcham hikmatli so‘zlarni qadrlayman.
Shaxsiy biznesni boshlash – samolyotdan parashyutsiz sakrashga o‘xshaydi. Yiqilayotib, tadbirkor havoda “o‘ziga parashyut tikish”ni boshlaydi, buni amalga oshirish va parashyut yerga qulab tushguniga qadar ulgurishga umid qiladi