So‘z ta’sir qilmagan odamga kaltak ham o‘tmaydi.
Nodonlardek yuzlab so'zni qilmagil qator,
Dono ersang, bir so'z degil, lekin ma'nodor.
To'rt narsa saodat dalilidir: to'g'ri so'z, tavoze, halol kasb-hunar, sir saqlash.
Rost gap chegaralangan, unga bitta ortiqcha so‘zni qo‘shib ham, olib ham bo‘lmaydi. Yolg‘on gapning chegarasi yo‘q, shu bois unga yolg‘on so‘zlar qo‘shilib borgani sayin ko‘pirib boraveradi. Achinarlisi ko‘pirma yolg‘onga ko‘proq ishonadilar.
Hakimning uch quroli bor: so‘z, giyoh va tig‘.
Bir-birini to‘liq takrorlaydigan ikki so‘zni na bir tilda, na ikki farqli tilda uchratish mumkin
Илмсиз иликсиз сўнгак каби бўшдир, иликсиз сўнгакка қўл урилмайди. Билим билан кишининг мартабаси ошди, илмсизлик эса кишини тубанлаштирди. Билимли киши керақли сўзни сўзлайди, кераксиз сўзни кўмиб ташлайди.
So‘zlar haqiqat emas, bor yo‘g‘i og‘izdan chiqqan tovushlardir. Haqiqatni anglamoq uchun yashamoqqa ehtiyoj bor.
Seni do‘stingdan ayiradigan so‘zga quloq solma. U so‘zda ziyon bordir, ziyon!
Quyosh dunyoni nurafshon qiladi, so‘zlar esa xalqni.
Haq taolo har zamonda olimlarni o‘shal zamona xalq
ining amallariga munosib so‘zlar bilan gapirtirib
qo‘yadi.
Bilguvchi so'zlamaydi, so'zlaguvchi bilmaydi.
So'zni bilib so'zla, shoshib so'zlama,Bo'lmag'ur so'z aytib,keyin bo'zlama,Do'sting mingta bo'lsa,ko'p ko'rma sira,Dushman bitta bo'lsa,uni oz dema.
Ustod aytibdir:
— Odamning so‘zini bilmay, O‘zini bilolmaysan. Rusumini bilmay, El orasiga kirolmaysan!
Barchamiz aytilmagan so‘zlarning sohibi, og‘zimizdan chiqqan so‘zlarning qulimiz.