Muammolar aqlli insonlarni chora ko'rishga, Nodonlarni esa tushkunlikka tushishga undaydi.

Agar, Alloh tomon otlangan bo'lsang yugur. Qiyinlashsa tez yur. Charchasang, sekin yur. Shunga ham qurbing yetmasa, emaklab bo'lsa ham yur. Lekin orqaga qayta ko'rma!

Chinakam sevish — o'zi haqida o'ylashni unutishdir.

Oh tortgan chog‘ingda yo‘lga ko‘z tutgil, Yo‘lda quduq bordur, ehtiyoting qil, Do‘st uyida mahram bo‘lgan vaqtingda, Ko‘lingni, ko‘zingni, dilni tiya bil.

Qancha pul topishingiz muhim emas. Eng muhimi - qanchasi qolishi, ular qanday ishlashi va kelajakda nechta avlodingizga yetishi.

Bas, yaratish, buyurish, bilim va qudrat sohibi har qanday nuqsonlardan pokdir.

Ko‘pchilik odamlar anglash uchun emas, javob qaytarish niyatida tinglaydilar.

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmapti, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman.

Кўрдимки, умр ва дунёдан кўра тез ўтиб кетадиган, ўлим ва охиратдан кўра яқинроқ, орзудан кўра узунроқ, хотиржамликдан кўра гўзалроқ нарса йўқ экан.

Бузуқ одамлар - муҳаббат деб аталмиш улуғ туйғудан мосуво одамлардир. Шунинг учун уларда уят ҳисси ҳам йўқ. Улар муҳаббатни ҳам тиланиб оладилар, негаки эҳтиёж сезадилар. Улар муҳаббат ўрнида ўзларининг ҳеч нарсага арзимайдиган туйғуларини тавсия этадилар, негаки уларда бошқа ҳеч нарса йўқ.

Ajdodlarga hurmatsizlik axloqsizlikning birinchi belgisidir.

Ilm olishda qiynaldim, bir oz xorlandim, tilagim hosil bo‘lgach, azizu mukarram bo‘ldim.

Hech qachon orzuingizdan unga erishish uchun ko’p vaqt ketishi sababli voz kechmang. Vaqt shunday ham o’tadi.

Ehtiyotsiz (qilingan) dori-darmon kasallikdir, unga hojat tushgandagina shifo bo‘ladi.

Uyga kelish va tobora ulg‘ayib borayotgan o‘g‘limni ko‘rish – menga tashvishlarimni bir zumda unutishga yordam beradigan quvonchdir. Bu xursandchilik meni tubdan o‘zgartirdi.

“Mana Buyuklar” kanali